OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN MAXSUS WEB PLATFORMALAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
##article.subject##:
ilmiy-tadqiqot faoliyati, web platformalar, raqamli texnologiyalar##article.abstract##
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsus web platformalar orqali takomillashtirishning metodik asoslari tahlil etiladi. Raqamli transformatsiya sharoitida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish, ularni zamonaviy axborot resurslari va vositalari bilan ta’minlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. Maqolada ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi web platformalarning turlari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash metodikasi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilgan aistudy.uz platformasi misolida raqamli vositalarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini web platformalar orqali takomillashtirishning bosqichma-bosqich metodikasi ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar berilgan