BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA XOJA AHROR VALI HAQIDA
##article.subject##:
hukmdor, pir, alloma##article.abstract##
Maqolada Bobur mirzoning “Boburnoma” asarida naqshbandiya
tariqatining ulug‘ avliyosi va uning izchil davomchisi Xoja Ahror Vali (Xoja Ahror Ubaydulloh)
haqidagi fikrlari jamlangan va masala yuzasidan muallifning nuqtai nazari bayon etilgan. Asarda
Xoja Ahror Vali Boburning ota tomonidan bobosi sulton Abusaid mirzoning piri ekani, Xoja otasi
Umarshayx mirzoni o‘z farzandi sifatida qabul qilgani, Boburning o‘zi yoshligidan shu ta’limot
asosida tarbiya topib voyaga yetgani, Xojaning temuriylar saltanatini mustahkamlash, o‘zaro
toju - taxt kurashlarining oldini olish borasidagi xizmatlari atroflicha yoritilgan.
Asarda Xoja Ahror Valining ulug‘ pir va ustoz sifatida Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy
va Bobur mirzolarning hayoti va ijodiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgani bayon etilgan.