XALQ TA’LIMI TIZIMINI MODERNIZATSIYALSHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI: G‘ARB KONSEPSIYALARI VA ULARNING ZAMONAVIY TALQINI
##article.subject##:
modernizasiya, inson kapitali, funksionalizm##article.abstract##
Mazkur maqolada xalq ta’limi tizimini modernizatsiyalashning ilmiy-nazariy asoslari G‘arb mamlakatlarida shakllangan mashhur nazariyalar misolida batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda to‘rtta asosiy konsepsiya — inson kapitali nazariyasi, funksionalizm, modernizasiya nazariyasi va tanqidiy pedagogika (tenglik nazariyasi) markaziy o‘rin tutadi. Har bir nazariyaning ilmiy mohiyati, mualliflari, mazkur g‘oyalarning ta’lim tizimiga ta’siri va amaliy ahamiyati yoritilgan. Inson kapitali nazariyasida ta’lim iqtisodiy o‘sish omili sifatida baholansa, funksionalizmda ta’limning ijtimoiy integrasiya, tartib va barqarorlikni ta’minlovchi institut sifatidagi roli asoslab beriladi. Modernizasiya nazariyasi ta’limni jamiyatning sanoat va innovasion rivojlanishiga turtki beruvchi jarayon sifatida talqin qiladi. Tanqidiy pedagogika esa ta’limni erkinlik, tenglik va adolatga erishish vositasi sifatida ko‘rib, o‘quvchi-o‘qituvchi hamkorligini asosiy tamoyil sifatida ilgari suradi.