KICHIK VOLEYBOL SPORT TURIGA TAYORLASH AKMEOLOGIYASINI VOLEYBOLGA INTEGRATSIYALASHNING DIDAKTIK ASOSLARI

##article.authors##

  • Jurayev Shukurillayev

##article.subject##:

Kichik voleybol, mexanizm

##article.abstract##

Mazkur maqolada kichik voleybol sport turiga tayyorlash akmeologiyasini
voleybolga integratsiyalashning didaktik asoslari boʻyicha koʻrsatma va takliflar keltirilgan.
Jarayon Chirchiq davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakultet talabalarida
oʻtkazilgan. Ayniqsa maxsus ishlab chiqilgan kichik voleybol sport turi Respublikamizdagi
umumta`lim maktablaridagi mavjud sport inshootlari va oʻquvchilar holatlariga mos
statistikalarga asoslanib tashkil qilingan. Tadqiqotda kichik voleybol sport turiga tayyorlash
akmeologiyasini voleybolga integratsiyalash mexanizmining ilmiy-metodologik asoslari hamda
dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan bolib, voleybol parametrlari talablariga ixtisoslashtirish
hamda transferlash asosida didaktik ta`minoti amalga oshirilgan. Kichik voleybol sport turiga
tayyorlash akmeologiyasini voleybolga integratsiyalash mezonlari, mashgʻulotlarning
maqsadli, natijaviy rivojlantiruvchi, adaptiv, refleksiv darajalarini baholashning past, oʻrta,
yuqori darajalari hamda qobiliyatli pozitiv oʻzgarishni intensiv ta’minlaydigan koʻnikmalarni
rivojlantiruvchi adaptiv kompleks mashqlar tizimi shakllangan. Mazkur mashqlarni mashgʻulot
jarayoniga kiritish voleybolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini sezilarli darajada
oshirishga yordam berdi. Tadqiqot natijalari bu sport turini Jismoniy tarbiya darslari va
voleybol mashgʻulotlarida keng qoʻllashni tavsiya etadi. Natijalarni Smart (aniqlilik,
oʻlchamlilik, erishimlilik, resurs bilan ta’minlanganlik, reglament, maqsad belgilash va
natijaga moʻljal olish) mezonlari asosida 2 yillik pedagogik tajribada St’yudent – Fisher
kriteriyasi boʻyicha tahlil qildik.

##submission.downloads##

Sana

2025-11-13

##issue.issue##

##section.section##

Статьи