BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
##article.subject##:
Boshlang‘ich ta’lim, ekologik tarbiya##article.abstract##
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni
shakllantirishning zamonaviy metodik asoslarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Ekologik
muammolarning kuchayib borishi yosh avlodda ekologik ong, mas’uliyat va madaniyatni erta
bosqichda shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Muallif maqolada boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini inobatga olgan holda ekologik tarbiyaga
oid samarali metod va vositalarni tahlil qiladi hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalash
bo‘yicha takliflar beradi. Shuningdek, dars va darsdan tashqari faoliyatda qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan o‘yinli, amaliy, axborot texnologiyalariga asoslangan yondashuvlar asoslab beriladi.
Maqola maktab boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologik tarbiyani kuchaytirishga xizmat qiladi va
pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega.