OʻQUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHDA BAHOLASHNING OʻRNI
##article.subject##:
oʻqituvchi, intellektual##article.abstract##
Mazkur maqolada oʻquvchilarni intellektual rivojlantirish jarayonida
baholash tizimining tutgan oʻrni tahlil etiladi. Baholash nafaqat oʻquv natijalarini aniqlash
vositasi, balki oʻquvchilarning fikrlash salohiyatini, tahliliy va tanqidiy yondashuvlarini
rivojlantirish omili sifatida ham qaraladi. Unda zamonaviy baholash usullari, shu jumladan,
formatif va summativ baholash turlari orqali oʻquvchilarning bilimini chuqurlashtirish va
mustaqil fikrlashga undash imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada shuningdek, baholash orqali
oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularning qobiliyatlarini aniqlash va individual
yondashuvni shakllantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari
oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirishda baholashning muhim vosita ekanligini
tasdiqlaydi