ITTIHOD VA TARAQQIY HARAKATI AYOLLARNING JAMIYATDAGI O‘RNIGA NISBATAN YONDASHUVI
##article.subject##:
Ittihod va taraqqiy harakati, matbuot orqali targ‘ibot##article.abstract##
Ittihod va Taraqqiy harakati yaqin tariximizda muhim burilish yasagan
siyosiy bir tuzilma sifatida Usmonli davlati hayotiga ko‘p jihatdan ta’sir ko‘rsatgan. Bu harakat
tarkibida turli qarashdagi shaxslar faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, rahbariyatning ijtimoiy
muammolarga munosabati borasida keskin tafovutlar mavjud emas edi. Ittihod va Taraqqiy
tashkiloti tuzilgan ilk davrlardan boshlab Meshrutiyat e’lon qilinguniga qadar olib borgan
nashrlarida, ayollarning jamiyatdagi mavqeidan norozi ekanini bildirgan va ularni ijtimoiy
hayotga faolroq jalb etish zarurligini ta’kidlagan. Ikkinchi Meshrutiyat e’lon qilingach, siyosiy
ta’sir kuchaygan bu davrda harakat o‘zining ayollik masalasidagi chin dildan yondashuvini
ko‘rsatish maqsadida ayollar jamiyatlari va nashrlarini moliyaviy hamda ma’naviy jihatdan
qo‘llab-quvvatlagan.