FUTBOL-KURSANTLARDA JISMONIY CHIDAMLILIK VA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA
##article.subject##:
futbol, kursant##article.abstract##
Ushbu maqolada futbol o‘yinining harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida
jismoniy chidamlilik va psixologik barqarorlikni shakllantirishdagi o‘rni o‘rganildi. 3 oy
davomida futbol mashg‘ulotlarida qatnashgan kursantlarning jismoniy chidamliligi (Cooper testi
va yugurish tezligi) va psixologik holati (anksiyete darajasi va stressga chidamlilik) baholandi.
Tadqiqot natijalari futbol mashg‘ulotlari kursantlarning yurak-qon tomir tizimi bardoshliligi,
tezlik va ruhiy barqarorligini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Nazorat guruhi bilan
solishtirganda, futbol o‘ynash nafaqat jismoniy holatni yaxshilash, balki stressga chidamlilikni
oshirishda ham samarali ekanligi aniqlandi. Maqola futbolning harbiy tayyorgarlik jarayonidagi
ijobiy ahamiyatini ochib beradi va uni keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.