IQTISODIYOT FANLARINI OʻQITISHDA TALABALAR TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
##article.subject##:
innovatsion ta’lim, texnik tafakkur, iqtisodiyot ta’limi##article.abstract##
Mazkur maqolada iqtisodiyot fanlarini oʻqitish jarayonida talabalar texnik tafakkurini rivojlantirishning amaldagi holati tahlil qilinadi va uni takomillashtirish yoʻllari taklif etiladi. Texnik tafakkur tushunchasi, uning iqtisodiy tafakkur bilan oʻzaro bogʻliqligi, iqtisodiyot fanlarida texnik tafakkurni rivojlantirishning ahamiyati va samarali metodlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilimlarni texnik tafakkur bilan integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Texnik tafakkur – bu muammolarni tahlil qilish, muhandislik va texnologik echimlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy qilish qobiliyatidir. Zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishi innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlgani sababli, iqtisodiyot fanlarini oʻqitishda texnik tafakkurni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada iqtisodiyot fanlarini oʻqitish jarayonida texnik tafakkurni shakllantirish boʻyicha mavjud muammolar va ularni hal qilish yoʻllari koʻrib chiqiladi.