RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGILARI ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANISH

##article.authors##

  • Maqsuda Murodova

##article.subject##:

nutq ko‘nikmalari, raqamli ta’lim texnologiyalari, boshlang‘ich sinf

##article.abstract##

Mazkur maqolada raqamli ta’lim texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida interfaol platformalar, multimedia vositalari, sun’iy intellektga asoslangan dasturlar o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirish, muloqot kompetensiyasini shakllantirish, monologik va dialogik nutqni o‘stirishda qo‘llanish usullari ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, maqolada pedagoglarning zamonaviy raqamli yondashuvlardan foydalanish malakalarini oshirish va ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali metodlari tahlil etiladi. O‘quvchilarning qiziqishini orttirish, ularni faollikka undash va nutqiy rivojlanish jarayonini osonlashtirish uchun ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari, audio-vizual materiallar va virtual muhitning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli vositalardan foydalanishning amaliy ahamiyatini ochib beradi va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni taklif etadi.

##submission.downloads##

Sana

2025-04-07

##issue.issue##

##section.section##

Статьи