ONА TILI DАRSLАRIDА KOGNITIV-PRАGMАTIK KOMPETENTLIKNI MUАMMOLI TEXNOLOGIYALАR АSOSIDА RIVOJLАNTIRISH
##article.subject##:
model, pragmatik kompetentsiya, korpus##article.abstract##
Biz ushbu maqolada kognitiv-pragmatik kompetentlikni rivojlantirish muhim ahamiyati haqida va kognitiv-pragmatik kompetentlik – bu o‘quvchilarning tilni faqat grammatik jihatdan emas, balki muloqotda kontekstni, ijtimoiy vaziyatni va tilning maqsadga muvofiq ishlatilishini tushunish qobiliyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Muammoli ta’limning maqsadi, turli o‘quv fanlari bo‘yicha dars o‘tish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullari, muammoli vaziyatni hal etish darajalari, muammoli darslarni tashkil etishdagi asosiy fikr beruvchi suhbat bosqichlari, muammoli ta’limni tashkil etish va boshqarish bosqichlari, muammoli ta’lim texnologiyasining talabalarga predmetning mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri topishlariga o‘rgatishga xos fikrlar, ularda muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishga mos uslublarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish masalalariga bag‘ishlangan