ONA TILI TA’LIMIDA NEYROLINGVISTIK YONDASHUV METODIK MUAMMO SIFATIDA
##article.subject##:
ona tili ta’limi, neyrolingvistika, nutq faoliyati##article.abstract##
Annotatsiya. mazkur maqolada ona tili ta’limida neyrolingvistik yondashuvning ahamiyati, uning metodik muammo sifatidagi jihatlari va ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan, o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishda neyrolingvistik mexanizmlarning o‘rni ko‘rib chiqilgan. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ona tili fanini o‘qitishda neyrolingvistik yondashuvning nazariy va metodik asoslari tahlil qilingan. Tilni o‘rganish jarayonining inson miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi, nutqni qabul qilish va ishlab chiqish mexanizmlari hamda o‘quvchilarning kognitiv rivojlanish xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ona tili ta’limini samarali tashkil etishda neyrolingvistik yondashuvning o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Maqolada neyrolingvistik yondashuv asosida tashkil etiladigan dars jarayonining metodik xususiyatlari, o‘quvchilarning nutqiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik usullar, mashqlar tizimi va amaliy topshiriqlar keltirilgan.