TIBBIY TERMIN TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK TURLARI: TO‘LIQ, QISMAN VA FUNKSIONAL EKVIVALENTLAR
##article.subject##:
tibbiy termin tarjimasi, ekvivalentlik, to‘liq ekvivalent##article.abstract##
Tibbiy terminlar tarjimasi tibbiyot sohasi uchun muhim lingvistik va amaliy
masala bo‘lib, unda terminologik aniqlik, semantik moslik va kommunikativ tushunarlilik asosiy
mezonlar hisoblanadi. Mazkur maqolada ingliz tilidan o‘zbek tiliga tibbiy terminlarni tarjima
qilish jarayonida uchraydigan ekvivalentlik turlari — to‘liq, qisman va funksional ekvivalentlar
ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro tibbiy tasniflar, maxsus lug‘atlar va klinik matnlar
asosida olib borilib, terminlarning semantik, morfologik va pragmatik xususiyatlari qiyosiy
yondashuvda o‘rganiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tibbiy terminologiyasida funksional
va qisman ekvivalentlar keng qo‘llaniladi, bu esa tarjimada izchillik va standartlashtirish
masalasini dolzarb etadi.