SURXONDARYO VOHASIDA MAHALLIY KADRLAR SALOHIYATINI YUZAGA KELTIRISHDA MARKAZIY BOSHQARUV TIZIMINING STRATEGIK YO‘NALISHLARI
##article.subject##:
Surxondaryo, kadrlar siyosati, markazlashgan boshqaruv##article.abstract##
Annotatsiya Mazkur maqolada 1920–1990-yillar oralig‘ida Surxondaryo vohasida amalga oshirilgan kadrlar strategiyasi va uning mahalliy kadrlar qatlamini shakllantirishdagi o‘rni arxiv manbalari negizida atroflicha tadqiq etilgan. Izlanishda Ittifoq markazidan mutaxassislarni jalb qilish sabablari, kadrlar rotatsiyasidagi qiyinchiliklar hamda mintaqaviy sharoitga moslashuv masalalari yoritiladi. Kadrlar siyosatining iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hamda mahalliy imkoniyatlarni cheklash bilan bog‘liq ziddiyatli tabiatiga milliy va xorijiy tarixshunoslik nuqtayi nazaridan baho berilgan. Shuningdek, Termiz qishloq xo‘jaligi texnikumining kadrlar yetishtirishdagi hissasi va paxtachilik tarmog‘idagi statistik ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, faqat 1980-yillarga kelibgina mahalliy boshqaruv kadrlarining barqaror zaxirasi yuzaga kelgani ilmiy asoslangan.