O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA EVRISTIK TA’LIM MЕTODIDAN FOYDALANISH MЕTODIKASI
##article.subject##:
mantiqiy fikrlash, rivojlantirish,, evristik qobiliyat,, metodika,, faoliyat,, natija,##article.abstract##
Barchamizga ma’lumki, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda og‘zaki mashqlardan
foydalanishning pedagogik jarayon bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki
o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda maqsadga yo‘naltirilgan og‘zaki savol va mashqlar
muhim o‘rin egallaydi. Ta’lim faoliyatining muhim xususiyatlaridan biri bu o‘quv jarayonining ijodiy
xususiyatidir. Mazkur maqolada soha olimlarining o‘quv jarayonining ijodiy xususiyati borasidagi ilmiy
ishlari tizimli o‘rganilgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini aqliy rivojlantirish omillari va ularni
bilimli avlod bo‘lib voyaga yetishlari borasidagi fikrlari bayon etilgan. Maqoladan oliy o‘quv yurti
o‘quvchilari, doktarantlar, mustaqil izlanuvchilar, qolaversa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari keng
foydalanishlari mumkin.