TALABALARNI O‘QUV JARAYONIDA PEDAGOGIK MULOQOT JARAYONIGA TAYYORLASHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI
##article.subject##:
pedagogik muloqot, pedagogik kompetentlik##article.abstract##
Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarni o‘quv jarayonida pedagogik muloqotga tayyorlashning dolzarbligi va ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta’lim paradigmasi sharoitida pedagogik muloqot kasbiy kompetentlikning muhim tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda pedagogik muloqotning lingvodidaktik, lingvometodik va kommunikativ komponentlari tahlil qilinadi hamda ularni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Trening mashgʻulotlari, mustaqil ishlar va maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat orqali talabalarda subyekt-subyekt munosabatiga asoslangan muloqot kompetentligini rivojlantirish mumkinligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari pedagogik muloqot samaradorligi o‘qituvchining professional yo‘nalishi va kompetentligiga bevosita bogʻliqligini ko‘rsatadi.