MUNZIM — BUXORO JADIDLARIDAN BIRI
##article.subject##:
.Abdulvohid Burhonov, Munzim, jadidchilik harakati##article.abstract##
Ushbu maqolada XX asr boshlarida Buxoro va Turkiston hududida faoliyat
yuritgan jadid ziyolisi, ma’rifatparvar shoir va jamoat arbobi Abdulvohid Burhonov
(Munzim)ning hayoti, ijodiy merosi hamda jadidchilik harakatidagi o‘rni tahlil etiladi.
Tadqiqotda Munzimning she’riy ijodi, ma’rifiy-targ‘ibotchi faoliyati, yangi usul maktablarini
tashkil etishdagi xizmatlari va jadid adabiy muhitidagi roli yoritiladi. Shuningdek, uning
Sadriddin Ayniy va Abdurauf Fitrat kabi yirik jadid arboblari bilan umumiy va farqli jihatlari
qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada Sovet va postsovet davrida Munzim faoliyatiga oid olib borilgan
ilmiy tadqiqotlar ko‘rib chiqilib, uning jadid adabiyotidagi o‘rni va tarixiy ahamiyati aniqlanadi.
Tadqiqot natijalari Munzim ijodining jadid adabiyotidagi ma’rifiy-targ‘ibotchi yo‘nalish rivojida
muhim bo‘g‘in ekanini ko‘rsatadi.