OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGINI SOSIALISTIK ASOSDA QAYTA QURISH JARAYONIDA AYOLLAR MEHNATI
##article.subject##:
Oʻzbekiston SSR, kollektivlashtirish##article.abstract##
Ushbu maqolada XX asrning 20–30-yillarida Oʻzbekistonda qishloq
xoʻjaligini sosialistik asosda qayta qurish jarayonida ayollar mehnatining oʻrni va ahamiyati
tahlil qilingan. Kollektivlashtirish siyosatining amalga oshirilishi natijasida oʻzbek qishloq
ayollarining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligida yuz bergan oʻzgarishlar arxiv materiallari va
rasmiy qarorlar asosida yoritilgan. Ayollarning kolxoz va sovxoz tizimidagi ishtiroki, ular uchun
tashkil etilgan ta'lim kurslari, malaka oshirish muassasalari va kasaba uyushmalari faoliyati
ochib berilgan. Shuningdek, maqolada teng mehnat uchun teng haq toʻlash tamoyilining
amaliyotda qoʻllanilishi va buning ayollarning iqtisodiy mustaqilligiga ta'siri tahlil etilgan.
Tadqiqotda tarixiy-tahliliy va qiyosiy usullardan foydalanilgan boʻlib, natijada qishloq
xoʻjaligida ayollar mehnatining faollashuvi Oʻzbekistonda gender tengligi va ijtimoiy
rivojlanishning muhim omillaridan biri sifatida baholangan.