XX ASR OXIRI - XXI ASR BOSHIDA MARKAZIY OSIYO TURIZMI (O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON MISOLIDA)
##article.subject##:
Harakatlar strategiyasi, sayohat, Markaziy Osiyo##article.abstract##
Ushbu maqolada 1991-2016-yillarda Qozog‘iston va O‘zbekistonda milliy
turizm industriyasini yaratish va uning shakllanishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib
chiqiladi, uning sayyohlik mahsuloti va brendlarini sayyohlik olamida targ‘ib qilish choratadbirlari, xalqaro tadbirlar va forumlar tashkil etishning ahamiyati, siyosiy aloqalar va qat’iy
viza siyosatining ta’siri, butun mintaqada turizm sohasi rivojiga ta’sir etuvchi omillar va bu
sohaning keng rivojlanishiga ta’sir etayotgan muammolarni aniqlab beradi. Statistik
ma’lumotlarga asoslanib, 2017-2021-yillarda Markaziy Osiyoda turizm sohasida o‘zaro
hamkorlikni kengaytirish va jadal rivojlantirishda viza rejimini soddalashtirish, turli
rasmiyatchiliklarga barham berish hamda soha innovatsiyalari va imtiyozlarini bosqichmabosqich joriy etishning ijobiy ta’siri va natijalari alohida ta’kidlangan. Pandemiya davrida turizm
sohasidagi muammolar, hamkorlikning yangi qirralari bilan bog‘liq masalalar, inqirozli
vaziyatdan chiqish va sohani tiklash bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida ushbu sohada
qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va muammolari tahlil qilindi.