PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ADABIYOTLARDA BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSI TAHLILI
##article.subject##:
ijodiy qobiliyat, ijodiy tafakkur, boshlang‘ich sinf oʻquvchilari##article.abstract##
Jamiyatda roʻy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar yangi
muammolarni nostandart va samarali hal qila oladigan ijodiy, ijodiy faol avlodni shakllantirishni
talab qiladi. Pedagogikada ijodkorlik va ijodiy fikrlash muammosi har doim eng dolzarb
masalalardan biri boʻlib kelgan. Biroq, shunga qaramay, u nazariyada etarlicha oʻrganilmagan
va bolalarni tarbiyalash amaliyotida kam namoyish etilgan. Shu sababli, ijodkorlik va ijodiy
fikrlash mavzusiga qiziqish yillar davomida susaymaydi. “Ijodkorlik” va “ijodiy fikrlash”
tushunchalari turli tomonlardan oʻrganilmoqda: shaxsning ijodkorligi va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish boʻyicha nazariyalar va dasturlar ishlab chiqilmoqda, turli xil tushunchalarning
kontseptual apparati ishlab chiqilmoqda, shaxsning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlari
oʻrganilmoqda.