SURXON-SHEROBOD MINTAQASI BO‘YICHA PAXTACHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA MODDIY TEXNIKANING O‘RNI
##article.subject##:
Surxon-Sherobod, paxtachilik, moddiy-texnika##article.abstract##
Surxon-Sherobod mintaqasida paxtachilik tarmog‘ini rivojlantirishda
moddiy-texnika bazasining o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mazkur davrda
sovet hukumatining agrar siyosati doirasida mintaqaga kirib kelgan yangi texnik vositalar,
xususan, paxta terish mashinalari, yuqori quvvatli traktorlar va agrotexnik xizmat ko‘rsatish
tizimlarining samaradorlik darajasi o‘rganilgan. Surxon-Sherobod vohasining o‘ziga xos tabiiy
iqlimiy sharoiti, yerlarning sho‘rlanish darajasi va relyef xususiyatlari hisobga olingan holda,
texnikadan foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil etiladi.
Maqolada mexanizatsiyalash jarayonlarining paxta hosildorligini oshirishdagi ijobiy
natijalari bilan bir qatorda, texnikaga xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar, kadrlar malakasi va
ekstensiv rivojlanishning salbiy oqibatlari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari mintaqa iqtisodiy
tarixini tushunish va qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiya qilish bo‘yicha tarixiy tajribadan
xulosalar chiqarish imkonini beradi.