UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINI INNOVATSION BOSHQARISHNI LOYIHALASH
##article.subject##:
Menejmentlik, STEAM, konsepsiya##article.abstract##
Ushbu tadqiqotda ta’lim jarayonida zamonaviy metodik yondashuvlar,
xususan fanlararo integratsiya va innovatsion texnologiyalarning, ayniqsa STEAM ta’lim
modelining tatbiqi muhimligi tahlil qilinadi. STEAM modeli o‘quvchilarning ilmiy bilimlarini
chuqurlashtirish bilan birga, ularning ijodiy tafakkuri va mustaqil qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyihalash innovatsion faoliyatni boshqarish shakli
sifatida ko‘rib chiqilib, uning ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik va moliyaviy jihatlari o‘rganiladi.
Pedagogik tajriba va innovatsion faoliyat texnologiyasi sifatida loyihalash jarayoni, shuningdek,
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida innovatsion boshqarishni tashkil etishning turli shakllari,
jumladan pedagogik tajriba dasturlari va biznes-rejalar ta’riflanadi. Tadqiqotda innovatsion
loyihaning mazmuni, uning tashkil etilishi, ekspertizasi va samaradorligini oshirish yo‘llari,
shuningdek, ta’lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning nazariy va amaliy
asoslari batafsil ko‘rib chiqiladi.