SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN TA’LIM PLATFORMASIDA ELEKTRON KONTENT YARATISH METODIKASI
##article.subject##:
sun’iy intellekt, elektron kontent, ta’lim platformasi##article.abstract##
Ushbu maqolada sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformalarida
elektron kontent yaratishning metodik asoslari, texnologik jarayonlari va didaktik imkoniyatlari
yoritiladi. Tadqiqotda AI algoritmlari yordamida o‘quv materiallarini avtomatik shakllantirish,
moslashtirish, tasniflash va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlash bo‘yicha innovatsion
yondashuvlar tahlil qilinadi. Taklif etilgan metodika elektron kontent yaratish jarayonida
multimedia resurslari, testlar, adaptiv topshiriqlar va interaktiv modullarni optimallashtirishga
qaratilgan bo‘lib, ta’lim samaradorligini oshirishda sun’iy intellektning o‘rni asoslab beriladi.
Eksperimental natijalar AI asosidagi kontent yaratish tizimi o‘quv jarayonini soddalashtirishi,
o‘qituvchining vaqt sarfini kamaytirishi va talabalarning o‘zlashtirish darajasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini ko‘rsatdi.