OʻQITUVCHILAR KREATIV SALOHIYATINI AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL MODELI
##article.subject##:
kreativ salohiyat, akmeologik yondashuv, kasbiy yetuklik##article.abstract##
Mazkur maqolada oʻqituvchilar kreativ salohiyatini akmeologik yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Unda kreativ salohiyat shaxsiy, kasbiy, intellektual va refleksiv komponentlar uygʻunligida shakllanuvchi murakkab pedagogik hodisa sifatida tahlil qilinadi. Akmeologik yondashuv oʻqituvchining kasbiy yetuklikka erishishi, oʻz-oʻzini rivojlantirishi, innovatsion faoliyatga tayyorligi va ijodiy pedagogik yechimlar ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim ilmiy asos sifatida talqin etiladi.
Tadqiqotda oʻqituvchilar kreativ salohiyatini rivojlantirishning konseptual modeli ishlab chiqilib, uning maqsadli, mazmuniy, texnologik, refleksiv-baholash va natijaviy bloklari tavsiflanadi.
Shuningdek, maqolada modelni amaliyotga joriy etish shartlari, pedagogik mexanizmlari va kutiladigan natijalari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.