TALABALARDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISHNING KOUCHING TEXNOLOGIYASI

##article.authors##

  • Murodulla Ismailov

##article.subject##:

sanogen refleksiya, sanogen tafakkur, kouching texnologiyasi

##article.abstract##

Ushbu maqolada zamonaviy oliy ta’lim sharoitida talabalarda sanogen
refleksiyani rivojlantirishning kouching texnologiyasi mazmuni izohlangan. Sanogen refleksiya -
bu shaxsning psixologik salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan, hissiy holatlarni
ongli boshqarish va destruktiv fikrlash shakllarini konstruktiv qayta talqin qilish orqali stressga
qarshi chidamlilikni oshiruvchi maxsus refleksiya turi. Maqolada muallif tomonidan ishlab
chiqilgan kouching texnologiyasining nazariy-metodologik asoslari, uning tarkibiy tuzilishi,
amalga oshirish bosqichlari va diagnostik vositalari batafsil yoritilgan. Kouching texnologiya -
hozirgi vaqtga yo‘naltirilganlik, savol berish orqali fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish, mustaqil
yechim topishga yo‘naltirish va shaxsning ichki resurslarini faollashtirish kabi tamoyillar asosida
ishlab chiqilgan. Maqolada shuningdek, sanogen refleksiyani rivojlantirishning pedagogik
psixologik mexanizmlari, kouching yondashuvining afzalliklari va tadqiqot ishi natijalari tahlil
qilinadi.

Sana

2026-06-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи