MUSTAQILLIKNING ILK YILLARIDA BUXORO TARIXIY-ME’MORIY OBIDALARINING TA’MIRLANISHI VA ULARNING TURIZM HAMDA XALQARO ALOQALARDAGI O‘RNI

##article.authors##

  • Shaxina Hazratova

##article.subject##:

mustaqillik yillari, tarixiy obidalar, “O‘zbekturizm”

##article.abstract##

Ushbu maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekistonda meʼmoriy
madaniy merosni asrash va uni turizmni rivojlantirish jarayoniga jalb etish bo‘yicha amalga
oshirilgan dastlabki siyosiy, ijtimoiy va tashkiliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining tashkil etilishi, tarixiy obidalarni taʼmirlashga doir
davlat va jamoatchilik tashabbuslari, Buxoro tarixiy markazining UNESCO Butunjahon merosi
ro‘yxatiga kiritilishi kabi omillar mamlakatda turizm rivojlanishining institutsional va huquqiy
asoslarini shakllantirishdagi muhim bosqich sifatida baholanadi. Shuningdek, mahalliy aholi
ishtirokining kuchayishi, xalqaro delegatsiyalar tashriflari va madaniy merosning “madaniy
diplomatiya” vositasiga aylanishi Oʻzbekistonning tarixiy obidalar orqali milliy o‘zligini tiklash
va xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash jarayonida tutgan ahamiyatini ochib beradi

##submission.downloads##

Sana

2026-06-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи