YOSHLAR PSIXOLOGIYASI VA KITOBXONLIK: GLOBALLASHUV SHAROITIDA TARBIYA MUAMMOLARI

##article.authors##

  • Sarvinoz Xakimova

##article.subject##:

: Yoshlar ruhiyati, Internet, raqamli texnologiyalar

##article.abstract##

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar psixologiyasining
shakllanish jarayonlari, ularning axborot muhitiga moslashuvi hamda kitobxonlik madaniyatining
shaxs tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda yoshlar
internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalar ta’sirida tezkor axborot iste’moliga
o‘rganib bormoqda, bu esa ularning diqqat, tafakkur chuqurligi, emotsional barqarorligi va
ma’naviy qadriyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada yoshlar psixologiyasining o‘ziga
xos xususiyatlari, xususan, emotsional sezgirlik, mustaqil fikrlashga intilish va ijtimoiy
identifikatsiya jarayonlari yoritiladi. Shu bilan birga, kitobxonlikning kognitiv, emotsional va
tarbiyaviy funksiyalari asoslab beriladi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar yoshlarning dunyoqarashini
kengaytirishi, empatiya hissini rivojlantirishi hamda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi
roli tahlil qilinadi.

Sana

2026-06-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи