TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURINING TA’LIM BOSHQARUVIGA SAMARALI YO‘LLARI: YAPONIYA TAJRIBASI

##article.authors##

  • Sardorbek Palvannazirov

##article.subject##:

TIMSS, PISA, Yaponiya ta’lim tizimi, Yutori Kyoiku

##article.abstract##

Ushbu maqola TIMSS xalqaro baholash ma’lumotlarining Yaponiya ta’lim tizimini boshqarishda tutgan o‘rni va samaradorligini tahlil qiladi. Yaponiya, TIMSS va PISA kabi baholashlarda muntazam yuqori natijalar ko‘rsatib, milliy ta’lim siyosatini (ayniqsa, Yutori Kyoiku islohotining bekor qilinishi) o‘zgartirish uchun TIMSS ma’lumotlaridan qanday qilib markaziy boshqaruv vositasi sifatida foydalanishni namoyish etadi. Tahlil Yaponiya tizimining sotsial tenglikka asoslangan tuzilishi, o‘quv dasturining TIMSS talablariga mos ravishda 2017-yilda qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi Lesson Study (Jugyō Kenkyū) mexanizmining boshqaruv sifatidagi ahamiyatiga qaratilgan. Bundan tashqari, maqolada markazlashgan darslik tizimi, TIMSS ballarining pasayishi va tiklanish dinamikasi hamda yuqori akademik talablarning sotsial narxi tahlil qilinadi. Yaponiya tajribasi ta’lim sifati va tengligini bir vaqtda ta’minlash uchun xalqaro baholash natijalarini ilmiy asoslangan siyosatga aylantirish bo‘yicha global namuna hisoblanadi.

##submission.downloads##

Sana

2026-06-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи