TURKIY XALQLARDA O‘Q-YOYDAN FOYDALANISH XUSUSIDAGI AYRIM MA’LUMOTLAR
##article.subject##:
Kamon, o‘q, chavandoz##article.abstract##
Ushbu maqolada kamon va o‘q uning turkiy xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy hayotida tutgan o‘rniga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, kamon va o‘qning
turlari oddiy va murakkab turlarga bo‘linishi, oddiy kamon qadimgi davrlarda foydalanilganligi,
murakka kamonning tuziligi “M” shaklida bo‘lishi, uning paydo bo‘lishi, tuzilishi va kamon
tayyorlanadigan xom-ashyolar, qaysi daraxt shoxlaridan tayyorlanishi, tayyorlanish texnikasi,
o‘qlarni tayorlanishi, ularning turlari, ovda ishlatiladigan, jangda ishlatiladigan kamon o‘qlari,
hushtakli o‘q va uning qo‘llanilishi, turkiy xalqlarning jangovarligi, xitoy manbalarida kamon va
o‘qdan foydalanishi, shu bilan bir qatorda turkiylarda otliq jangchilar va ularning jang vaqtidagi
mobilligi (harakatchanligi), ushbu jarayonda otliq kamonchilar va ularning jangni borishiga
ta’siri masalalari ochib berilgan. Jang vaqtida kamondan o‘q uzishda Xitoy manbalarida
keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra jangchining chap yelka qismi kiyimi yechilgan holda bo‘lishi, bu
kamondan o‘q uzish texnikasining bir qismi ekanligi, ijtimoiy nuqtai-nazardan esa eng qadimgi
davrlardayoq kamon va o‘q urug‘-qabilalarning turli darajada ekanligi, ijtimoiy hayotda ustun
yoki quyi darajada ekanligini anglatishi yoki qo‘shinni o‘ng yoki chap qanot qismini tashkil etishi
turli rivoyat va afsonalar asosida keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari G‘arbiy Turk hoqonligida
butun urug‘-qabilalarni ikki qismga besh o‘qdan o‘n o‘qqa bo‘lganligi, bu kamon va o‘qning
turkiylarning ijtimoiy hayotini asosiga singgan ekanligini ko‘rsatib beruvchi omil ekanligi keltirib
o‘tilgan. Bir so‘z bilan aytganda, kamon va o‘q turkiy xalqlarning xo‘jalik-iqtisodiy, ijtimoiy
siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamitga ekanligi tahlil qilingan.