XIX ASR OXIRI – XX ASR BIRINCHI YARMIDA TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI: G‘OYAVIY EVOLYUTSIYA VA QATAG‘ON FOJEASI (ARXIV HUJJATLARI TAHLILI)
##article.subject##:
Jadidchilik, Turkiston, qatag‘on siyosati##article.abstract##
Maqolada XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida Turkiston
o‘lkasining ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy uyg‘onish harakatini bosh bo‘g‘ini bo‘lgan jadidlar
faoliyati, ularning g‘oyaviy evolyutsiyasi hamda chor Rossiyasi maxfiy xizmatlari (qo‘riqlash
bo‘limi) tomonidan ta’qib qilinishi masalalari tadqiq etilgan. Izlanish doirasida ilk bor Turkiston
tuman qo‘riqlash bo‘limining 1916–1917-yillarga oid maxfiy kuzatuv kundaliklari (F. I-461, op.
1) ilmiy muomalaga kiritildi. Arxiv hujjatlarida “Panislomistlar” tamg‘asi ostida kuzatilgan
Munavvar Qori Abdurashidxonov, Mustafo Cho‘kayev, Ubaydulla Xo‘jayev kabi millat
yetakchilarining operativ taxalluslari, ularning harakat trayektoriyalari, uchrashuvlari va o‘sha
davr ijtimoiy-siyosiy muhiti chuqur tahlil qilingan. Sho‘ro davridagi yirik qatag‘onlarning tamal
toshi aynan chorizm davri maxfiy politsiyasi tomonidan qo‘yilganligi g‘oyasi arxiv materiallari
orqali isbotlab berilgan.