TURKISTONDA PAXTA YAKKAHOKIMLIGINING SHAKLLANISHI VA UNING O‘ZBEKISTON ATROF-MUHIT HOLATI TARIXIDAGI UZOQ MUDDATLI OQIBATLARI

##article.authors##

  • Bibirajab Yuldasheva

##article.subject##:

Turkiston, paxtachilik, paxta yakkahokimligi

##article.abstract##

Ushbu maqolada Turkistonda paxtachilikning tarixiy ildizlari, Rossiya
imperiyasining paxta xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojining ortishi, Amerika paxta navlarining joriy
etilishi va natijada paxta yakkahokimligining shakllanish jarayoni tarixiy manbalar hamda ilmiy
adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda paxtachilikning qadimgi va o‘rta asrlardagi
xo‘jalik hayotidagi o‘rni, XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonning Rossiya sanoati uchun
xomashyo bazasiga aylantirilishi, mahalliy navlarning bozor talabiga mos bo‘lmagan deb
baholanishi, sug‘oriladigan yerlarning paxtachilik foydasiga qayta taqsimlanishi va dehqon
xo‘jaliklarining iqtisodiy qaramlashuvi yoritiladi. Maqolada paxta maydonlarining kengayishi
oziq-ovqat ekinlari ulushining qisqarishi, yer-suv resurslariga bosimning kuchayishi va keyingi
davrlardagi ekologik nomutanosibliklar uchun tarixiy zamin yaratgani asoslanadi.

##submission.downloads##

Sana

2026-06-12

##issue.issue##

##section.section##

Статьи