MANG‘ITLARNING SHAKLLANISHI VA SIYOSIY MAYDONGA KELISHI

##article.authors##

  • Kumushxon Sultonova

##article.subject##:

Mang‘itlar, Oltin O‘rda, Buxoro xonligi

##article.abstract##

Ushbu maqolada Mang‘itlar urug‘ining kelib chiqishi, ularning mo‘g‘ul

davridan boshlab Oltin O‘rda, No‘g‘ay ulusi, Xorazm va Movarounnahr siyosiy tizimlarida tutgan

o‘rni hamda Buxoro xonligida hokimiyat tepasiga kelish jarayoni tahlil etiladi. Maqolada XVIII

asr boshlarida Ashtarxoniylar sulolasining zaiflashuvi va ichki siyosiy inqiroz Mang‘itlar uchun

hokimiyat sari yo‘l ochgani, Xudoyor biy, Hakimbiy otaliq hamda Muhammad Rahim biylarning

siyosiy faoliyati natijasida ular Buxoro xonligida еtakchi kuchga aylangani ilmiy asosda

yoritiladi. Shuningdek, Nodirshohning Eron ta’sirining kuchayishi va keyinchalik uning

o‘ldirilishi natijasida yuzaga kelgan siyosiy bo‘shliqdan foydalanib, Muhammad Rahim 1756-

yilda o‘zini xon deb e’lon qilgani va Mang‘itlar sulolasi hukmronligi boshlanganligi ilmiy

xulosalar bilan asoslanadi. Tadqiqot Mang‘itlar tarixini mo‘g‘ul davridagi harbiy-siyosiy

tuzilmalar bilan bog‘lab o‘rganadi va ularning Buxoro xonligi tarixidagi o‘rni hamda

Movarounnahr siyosiy jarayonlariga ko‘rsatgan ta’sirini yoritadi.

##submission.downloads##

Sana

2025-12-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи