FASHIZMGA QARSHI URUSH YILLARIDA OʻZBEKISTON ENGIL VA MAHALLIY SANOATNING HARBIY IZGA KOʻCHIRILISHI
##article.subject##:
Ikkinchi jahon urushi, mahalliy sanoat##article.abstract##
Fashizmga qarshi urush yillarida, ya'ni Ikkinchi jahon urushi davrida, Oʻzbekistonda
sanoatning harbiy izga koʻchirilishi muhim tarixiy jarayonlardan biri boʻldi. Urushning boshlanishi bilan,
Sovet Ittifoqi frontga zarur qurol-yarogʻ va materiallarni yetkazib berish uchun sanoatni va ishlab
chiqarishni oʻzgartirishga majbur boʻldi. Oʻzbekiston ham bu jarayonga oʻz hissasini qoʻshdi. 1941-
yilning iyunida urush boshlangach, frontdagi sanoatni saqlab qolish maqsadida koʻplab sanoat
korxonalari, zavodlar va fabrikalar, ayniqsa, ogʻir sanoat va qurollanish bilan bogʻliq ishlab chiqarish
ob'ektlari, urush zonasidan chetga koʻchirildi. Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona
va boshqa shaharlariga juda koʻplab korxonalar, jumladan, qurol-yarogʻ ishlab chiqarish zavodlari va
boshqa strategik sanoat tarmoqlar ko'chirildi.