BUXORO AMIRLIGI HUDUDIDA TEMIR YOʻLLARNING QURILISHI VA AHAMIYAT XUSUSIDA
##article.subject##:
Temir yoʻl, savdo aylanmasi##article.abstract##
Turkistn oʻlkasi Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishi va Turkiston general
gubernatorligining tashkil etilishi, Buxoro amirligi va Xiva xonligining qaram davlatga aylanishidan
soʻng, oʻlkaga Rossiya imperiyasi oʻzining sanoat mahsulotlari sotiladigan ichki bozori va xom-ashyo
(asosan paxta) yetkazib beradigan oʻlkasi sifatida qaragan. Oʻlkadagi xom-ashyoni arzon olib ketish uchun
esa transport infratuzilmasini yoʻlga qoʻyish zarur boʻlgan. Shu sababli Zakaspiy (Oʻrta Osiyo) temir yoʻli
qurilishi boshlanib, 1888 yilning 15-may kuni Samarqandda temir yoʻlning ochilish tantanalari boʻlib
oʻtgan. Ushbu maqolada biz, asosan Buxoro amirligining ichki hududlari jumladan, Oʻrta Buxoro (Qarshi,
Termiz) hududlarini Buxoro bilan bogʻlashda muhim ahamiyat kasb etgan temir yoʻl qurilishi, qurilish
ishlarining borishi, qurilishni Buxoro yoki Samarqand hududlaridan olib oʻtish borasidagi bahs
munozaralar, hukumat darajasigacha ushbu munozaralarning koʻtarilishi, temir yoʻlning ishga tushishi va
dastlabki faoliyati, temir yoʻlni belgilangan muddatlardan kechikish sabablari, temir yoʻlning Buxoro
amirligi aholisi uchun ahamiyati masalalariga manba va tarixiy adabiyotlarda keltirilgan fakt va
dalillarga tayanib, oʻz fikr-mulohazalarimizni keltirib oʻtdik