BOKSCHI VA VOLEYBOLCHI TALABALARNING TANQIDIY FIKRLASH DARAJASI VA AKADEMIK OʻZLASHTIRISHINING QIYOSIY TAHLILI
##article.subject##:
tanqidiy fikrlash, akademik oʻzlashtirish##article.abstract##
Ushbu tadqiqotda boks va sport oʻyinlariga ixtisoslashgan jismoniy tarbiya
fakulteti talabalarining tanqidiy fikrlash darajasi va akademik oʻzlashtirishi darajalari
oʻrtasidagi korrelyatsion bogʻliqlik oʻrganilgan. Sportchilarning akademik yutuqlarini
belgilovchi omillar aniqlandi: bokschi talabalar uchun tahliliy qobiliyatlar va oʻz kuchiga
ishonch; voleybolchi talabalar uchun esa tahliliy koʻnikmalar, innovatsiyalarga ochiqlik va
vaziyatni kompleks tahlil qilish qobiliyati muhimligi koʻrsatildi. Olingan ma’lumotlar asosida har
bir sport turining xususiyatlarini hisobga olgan holda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish boʻyicha
amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot talaba-sportchilarning oʻquv jarayoni dasturlarini
optimallashtirishga xizmat qiladi.