TURG‘UNLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA PAXTA YAKKA XOKIMLIGINING IQTISODIY OQIBATLARI
##article.subject##:
Paxta yakkahokimligi,, Surxondaryo##article.abstract##
Ushbu maqolada Surxondaryo vohasida paxta yakkahokimligi siyosati
natijasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik hamda siyosiy
ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ishda, asosan, XX asrning 20-30-yillarida Sovet Ittifoqi
davrida O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida paxta yetishtirishga qaratilgan markazlashgan
siyosatning ta’siri, uning iqtisodiyotga, ekologiyaga va aholi turmush darajasiga oqibatlari tahlil
qilinadi. Paxta yakkahokimligi natijasida qishloq xo‘jaligi tuzilmasidagi o‘zgarishlar, suv
resurslarining haddan tashqari ishlatilishi va Orol dengizi fojiasiga olib kelgan ekologik
muammolar alohida e’tibor markazidadir. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida ushbu siyosatning
salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar, xususan, iqtisodiy
liberallashtirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va mahalliy boshqaruv tizimlarini
takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Surxondaryo viloyatida paxta
yakkahokimligining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, shuningdek, islohotlarning mintaqa
rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi.