BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA IMOM AL-BUXORIYNING HADISLARINI OʻRGATISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

##article.authors##

  • Gulruh Yodgorova

##article.subject##:

oʻrgatish metodikasi, Imom al-Buxoriy, Boshlangʻich sinflar

##article.abstract##

Imom al-Buxoriy hadis sultoni 810-yilda tavallud topgan. 10 yoshidan boshlab hadislarni yod olgan va butun umrini hadis olamiga bagʻishlagan. Mutafakkir hadis ilmi va uning turli tarmoqlarini toʻliq oʻrganish, toʻplash maqsadida Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa shaharlarda yashab inson ma’naviy olami uchun qadrli boʻlgan hadislarni toʻplagan. Insoniyat madaniyati xazinasida shunday noyob kimsalar, nodir siymolar borki, hamma zamin-u zamonlarda barcha avlodlar ulardan oʻzlari uchun ham ruhiy, ham ma’naviy ozuqa oladilar. Mazkur maqola boshlangʻich sinf darslarida Imom al-Buxoriyning hadislarini oʻrgatishning metodik usullarini tahlil qiladi. Maqolada hadislarni boshlangʻich sinf oʻquvchilariga zamonaviy metodlar va bolalarning yosh xususiyatiga mos hadislarni oʻrgatish metodlari keltirilgan. Ushbu bilimlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining diniy , axloqiy, bilimlarini oshirishga, ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga yordam beradi. Hadislarni oʻrgatish jarayonida hayotiy koʻnikmalar orqali bogʻlagan holda interfaol usullar, rolli oʻyinlar, zamonaviy metodlar orqali tushuntirishlar ochiqlab beriladi. Oʻquvchilarni faol ishtirok etishga undovchi interfaol metodlar oʻquvchilarning fikrlarini erkin ifodalashga imkon beradigan faoliyatlar yuritish mumkin.

##submission.downloads##

Sana

2025-04-17