O‘ZBEKISTONDA TALABALARNING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH ASPEKTLARI
##article.subject##:
tanqisiy fikrlash, raqamli savodxonlik, raqamli kompitetnlik##article.abstract##
Zamonaviy dunyoda raqamli kompetentlik har qanday shaxsning muvaffaqiyati uchun muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston ham bu global tendensiyadan chetda qolmaslik uchun ta’lim tizimida raqamli kompetentlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasida talabalarning raqamli kompetentligini rivojlantirish bugungi kunda muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, mamlakatda raqamli iqtisodiyot va texnologik taraqqiyotning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, ayniqsa, ta’lim tizimi uchun yangi talablar qo‘ymoqda.
Raqamli kompetentlik nafaqat ta’lim muassasalarida, balki kundalik hayotda ham talabalarga muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda bu ko‘nikmalar talabalar uchun o‘qish, ishga joylashish va jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur. Shuningdek, raqamli kompetentlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerak, chunki texnologiyalar tez rivojlanmoqda va yangi vositalar hamda imkoniyatlar paydo bo‘layotgan bir paytda, talaba ularni qanday samarali ishlatishini bilishi zarur