BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
##article.subject##:
pedagogik ta’lim, raqamli texnologiyalar, metodik kompetentlik##article.abstract##
Bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, texnologiya fani o‘qituvchilarining metodik kompetentligini zamonaviy talablar asosida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: o‘quv materiallarini interaktiv shaklda taqdim etish; masofaviy ta’lim shakllarini joriy etish; o‘quv jarayonini individuallashtirish; o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash.
Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozim: zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish; elektron ta’lim resurslarini yaratish va qo‘llash metodikasini o‘zlashtirish; raqamli platformalarda ishlash malakalarini rivojlantirish; masofaviy ta’lim texnologiyalarini egallash.