ILK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILINI OʻRGATISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
109-112
##article.subject##:
talaffuz mashqi, ilk oʻrganuvchi oʻquvchilar, ta’lim mazmuni, predmetli (real narsalar)##article.abstract##
Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda boshlangan tub islohotlar ta’lim sohasida ham
yangilanish, rivojlanish davrini boshlab berdi. Ta’lim sohasida ulkan islohotlar amalga oshirildi va
oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunining asosiy vazifasi ham
mamlakatimizda xorijiy tillarni mukammal biladigan yuqori malakali, sifatli kadrlar tayyorlashga
qaratildi. Qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida chet tili oʻquv jarayonlarini
boshlangʻich sinflardan boshlab boshqichma-bosqich tashkil etish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan
biridir. Jamiyatning rivojini, gullab-yashnashini, taraqqiyotini ta’minlovchi vosita til hisoblanadi.
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarga chet tilidan chuqur va mustahkam bilim berish, shu bilimlarni
amalda qoʻllash koʻnikmalari va malakalarini hosil qilish mutaxassis pedagoglar oldiga ulkan mas’uliyat
yuklaydi.Ushbu maqolada ilk maktab yoshidagi bolalarga chet tilini oʻrgatish oʻziga xos xususiyatlari
haqida fikr yuritiladi.