DARSLIK: MAZMUN VA SHAKL BIRLIGI
Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
##article.subject##:
darslik, didaktik talab, fan, oʻquv material, topshiriq, bilim, koʻnikma.##article.abstract##
Maqolada darsliklar yuksak saviyada yozilgan ma’naviy-g‘oyaviy, ilmiy-uslubiy, muayyan fan doirasida, u fanning qonun va nazariyalarini o‘zida umumlashtirgan o‘quv kitobi ekanligi xususida fikr yuritiladi. Shu nuqtayi nazardan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalaniladigan darsliklar o‘quvchining umumiy kamolotida alohida o‘rin egallaydi. Darsliklar ko‘p yillik pedagogik, psixologik izlanishlar, ilg‘or tajribalar hamda jahon standarti namunalari asosida tuzilgan bo‘lishi lozim. Xususan, boshlang‘ich sinflar uchun yaratilgan darsliklarning tili sodda, ravon va tushunarli, o‘quvchi yoshi hamda psixologik xususiyatiga mos bo‘lishi, ularning nutqi va dunyoqarashining o‘sishiga yordam berishi kerak. Darsliklardagi har bir mavzu o‘zidan oldingi mavzuni to‘ldirib, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishi zarur. U o‘quvchilarga odob- axloqni o‘rgatishga xizmat qilishi, ularda ona-Vatanga mehr-muhabbat, kishilarga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, iltifotlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, vijdonlilik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qilmog’i lozim.