MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI VA AMALIY MEXANIZMLARI
##article.subject##:
maktabgacha ta’lim, , tanqidiy fikrlash kompetensiyasi##article.abstract##
Annotatsiya. Mazkur maqolada “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining 3-nashrida tanqidiy fikrlash kompetensiyasining alohida tayanch kompetensiya sifatida belgilanishi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari, mazmuniy tarkibi va pedagogik shartsharoitlari yoritilgan. Muammoli vaziyatlar, dialogik ta’lim, refleksiv mashg‘ulotlar hamda o‘yin texnologiyalarining tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan.
Shuningdek, xalqaro tajribalar qiyosiy tahlil qilinib, ularni milliy maktabgacha ta’lim amaliyotiga integratsiya qilish yo‘llari asoslangan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni takomillashtirish, bolalarning bilish faolligini oshirish va ularning keyingi ta’lim bosqichlariga tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.