BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING LINGVISTIK VA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI
##article.subject##:
boshlang‘ich ta’lim, lingvistik kompetensiya, nutqiy kompetensiya##article.abstract##
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Lingvistik va nutqiy kompetensiya tushunchalarining o‘zaro munosabati, ularning tarkibiy komponentlari hamda boshlang‘ich ta’lim mazmunidagi o‘rni aniqlashtiriladi. Tadqiqotda kompetensiyaviy, kommunikativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, integrativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning imkoniyatlari o‘rganilib, lingvistik bilimlarni amaliy nutqiy faoliyat bilan bog‘lashning didaktik shart-sharoitlari asoslanadi. Shuningdek, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, matnni anglash, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, til birliklarini kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashga o‘rgatishning metodik imkoniyatlari yoritiladi. Lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning yaxlit modeli taklif etilib, uning maqsadli, mazmuniy, jarayonli, vositali va natijaviy komponentlari tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etishda kompetensiyaviy va kommunikativ yondashuvlarni integratsiyalash zarurligini ko‘rsatadi