O‘ZBEK–INGLIZ TILLARARO INTERFERENSIYASINING LINGVODIDAKTIK TABIATI, TURLARI VA TIPOLOGIK OMILLARI
##article.subject##:
tillararo interferensiya, transfer, tipologik masofa##article.abstract##
Ushbu maqolada chet tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan
tillararo interferensiya hodisasining lingvodidaktik tabiati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
Interferensiya tushunchasining lug‘aviy va terminologik talqinlari, uning transfer hodisasidan
farqlash mezonlari hamda fonetik, leksik, grammatik, semantik, pragmatik va orfografik turlari
tizimlashtiriladi. O‘zbek va ingliz tillari o‘rtasidagi tipologik masofa — agglutinativ va analitik
qurilish, SOV va SVO so‘z tartibi, artikl tizimining mavjud emasligi, fe’l zamonlari tizimidagi
tafovutlar — interferensiya xavfini oshiruvchi asosiy omillar sifatida asoslanadi. Tahlil natijasida
muallif tomonidan interferensiyaga kognitiv-lingvistik hodisa sifatida ta’rif berilib, uni bo‘lajak
filologlar tayyorlash jarayonida ongli ravishda boshqarishning lingvodidaktik yo‘nalishlari
ko‘rsatiladi.