BUXORO SHAHRINING YOSHI MASALASINING “BUXORO HAQIQATI” GAZETASIDA YORITILISHI: YOZMA MANBALAR VA ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR TAHLILI
##article.subject##:
Buxoro, Narshaxiy, Poykend##article.abstract##
Ushbu maqolada Buxoro shahrining yoshi masalasi bo‘yicha o‘zbek va sovet
tarixshunosligida to‘plangan yozma manbalar hamda arxeologik tadqiqotlar natijalari qiyosiy
tahlil qilinadi. X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridagi Siyovush
afsonasiga asoslangan ma’lumotlar, shuningdek O.V.Obelchenko, R.Sulaymonov va
Ya.G‘.G‘ulomov boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiyalarning 1968–1981-yillarda Ark,
Shahriston va Poykand atrofida olib borgan qazishma natijalari o‘rganiladi. Tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki, shaharning eng qadimgi madaniy qatlamlari eramizgacha bo‘lgan IV-III asrlarga
oid bo‘lib, bu Buxoroning taxminan 2300-2500 yillik tarixga ega ekanligini tasdiqlaydi. Maqolada
shahar yoshini aniqroq belgilashda yozma va moddiy manbalarni birlashtirgan kompleks
metodning ahamiyati asoslab beriladi.