MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA ASOSIDA SAVODGA TAYYORLASH – KOREYA TAJRIBASI MISOLIDA
##article.subject##:
maktabgacha ta’lim, savodga tayyorlash, Koreya tajribasi##article.abstract##
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi 5 – 7 yoshli bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlil qilingan.
Xususan, Koreya Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan haftalik ish
rejalari hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimidagi amaldagi yondashuvlar o‘rganilgan.
Tadqiqotda O‘zbekistonda bolalarni savodga tayyorlash masalasi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgani, so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
natijasida bolalarning maktabga tayyorligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy pedagogik
yondashuvlar joriy etilgani yoritilgan. Shuningdek, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi asosida
savodga tayyorlashning mazmuni va metodik asoslari tahlil qilinib, xorijiy tajribalarni milliy
ta’lim tizimiga integratsiya qilishning samarali jihatlari asoslab berilgan.