GERMANIYADA TAHSIL OLGAN BUXOROLIK TALABA QIZNING BIR MAQOLASI XUSUSIDA MULOHAZALAR
##article.subject##:
Berlin universiteti, maorif komissiyasi raisi, maorif nozirligi##article.abstract##
Mazkur maqolada buxorolik talaba qiz – Shamsulbanot Eshmurod qizining tahsil
olish uchun Germaniyaga borganligi, uning Germaniyadagi faoliyati, oilasi va farzandlari hayotiga oid
ma’lumotlar muhokama qilingan. Shuningdek, “Berlin dorilfununi tibbiy shoʻbasi talabasi Shamsulbanot”
imzosi ostida “Germaniyada bolalar tarbiyasi” mavzusida maqola yozganligi, mazkur maqola Buxoro
Respublikasining rasmiy matbuot organi “Ozod Buxoro” gazetasining 1924-yil 14-avgustdagi 127-sonida
toʻliq chop etilganligi bilan bogʻliq dalillar tarixiy manba va adabiyotlar yordamida izohlangan.
Shamsulbanot Eshmurod qizi (Shiratxonova, 1905-1982) boʻlib, Germaniyaga borgach
Germaniyada tahsil olgan buxorolik talaba qiz- Shamsulbanotning “Germaniyada bolalar tarbiyasi”
maqolasi xususida mulohazalar bildiriladi.