BUXORO AMIRLIGIDA TRANSPORT-KOMMUNIKATSIYA TIZIMINING SIYOSIYSTRATEGIK AHAMIYATI (TEMIR YO‘L, POCHTA-TELEGRAF VA IMPERIYA NAZORATI MASALALARI)
##article.subject##:
Buxoro amirligi, transport-kommunikatsiya, pochta-telegraf##article.abstract##
Ushbu maqolada Buxoro amirligi hududida XIX asr oxiri – XX asr
boshlarida shakllangan transport-kommunikatsiya tizimining siyosiy-strategik mazmuni tahlil
qilinadi. Temir yo‘l, Amudaryo flotiliyasi, pochta-kuryerlik xizmati va telegraf tarmoqlari Rossiya
imperiyasining mintaqadagi harbiy, diplomatik, iqtisodiy va ma’muriy manfaatlari bilan bog‘liq
holda o‘rganiladi. Maqolada Kogon, Eski Buxoro, Chorjo‘y, Karki, Kelif va Termiz hududlaridagi
aloqa tarmoqlari, chegara postlari, rus manzilgohlari va siyosiy agentlik faoliyatining
kommunikatsion asoslari yoritiladi. Tadqiqot natijasida transport va aloqa tizimi amirlikda
modernizatsion o‘zgarishlar yaratgani bilan birga, imperiya nazorati va chegara xavfsizligi
mexanizmlarini kuchaytirgan omil bo‘lgani asoslanadi