SOTSIALISTIK QISHLOQ XOʻJALIGI: NAZARIYA VA AMALIYOT
##article.subject##:
Sotsializm, qishloq xoʻjaligi, jamoaviy##article.abstract##
Rossiyada hukumat boshqaruvining bolsheviklar nazoratiga oʻtishi, sotsialistik tuzum oʻrnatishga boʻlgan urinishlar, jamiyat hayotida yangi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning oʻziga xos, alohida – alohida, lekin yagona maqsadga yoʻnaltirilgan strategiyani tatbiq etilishiga olib keldi. Ayni shu strategiyaning ajralmas tarkibiy qismi “Sotsialistik qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish tizimi” nazariyasi sifatida rivojlantirildi. Nazariya oʻz navbatida qishloq xoʻjalik sohasida yangi tendensiyalarni belgilab berdiki, oqibatda asriy ishlab chiqarish a’nanalariga putur yetdi. Xususiy mulkchilik shaklidan, jamoviylik sari yoʻnaltirilgan amaliy harakatlar jarayonida turli kutilmagan vaziyatlar yuzaga keldi. Ushbu nazariya yadrosini tashkil qiluvchi gʻoya, uning amalda namoyon boʻlishi, kamchilik va nuqsonlari hamda bartaraf etish yoʻllari mazkur maqolada batavsil tadqiq etilgan.