YOZMA MANBALARDA G‘ARBIY SUG‘D SHAHARLARINING TASNIFI: TARIXIY TAHLIL
##article.subject##:
G‘arbiy Sug‘d, numizmatik ma’lumotlar, shahar##article.abstract##
Mazkur maqolada G‘arbiy Sug‘d shaharlarining yozma manbalarda aks
etishi va ularning o‘rganilish tarixiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotning
asosiy maqsadi — Buxoro vohasidagi shaharlarning shakllanishi, rivojlanishi hamda o‘rta asr
mualliflari asarlarida qayd etilgan tarixiy-topografik ma’lumotlarni tahlil qilishdir. Maqolada
arab, fors va turkiy yozma manbalar, shuningdek, XIX–XX asr rus tadqiqotchilari tomonidan
keltirilgan tarixiy ma’lumotlar solishtirma usulda tahlil qilingan.
Tadqiqot davomida “Buxoro”, “Romitan”, “Poykend”, “Varaxsha” kabi shaharlarning
yozma manbalarda qayd etilishi, ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyatini ifodalovchi
dalillar tahlil etilgan. Natijada, Buxoro vohasining ilk o‘rta asrlardan boshlab mintaqadagi
siyosiy va madaniy markaz sifatida shakllangani, yozma manbalarda esa bu jarayon turli
bosqichlarda, mualliflarning ilmiy va mafkuraviy qarashlariga ko‘ra aks etgani aniqlangan.
Tadqiqot natijalari Buxoro vohasining shahar madaniyati, tarixiy topografiyasi va arxeologik
manbalarini kompleks o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.